Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 12-turi doirasida “Al Xolud” (5:3) ustidan qozonilgan gʻalabadan soʻng ijtimoiy tarmoqda post qoldirdi.
Bellashuvda «An Nasr» hujumchisi 15 daqiqa ichida 3 ta gol urdi. Bu uning faoliyatidagi 983-, 984- va 985-gollar bo‘ldi.
«Ajoyib g‘alaba, jamoamizning ajoyib o‘yini! Het-trik orqali jamoamga yordam bera olganimdan xursandman ⚽⚽⚽!» — deb yozdi portugaliyalik 41 yoshli futbolchi.
Ma’lumot uchun, «An Nasr» navbatdagi o‘yinini 2 noyabr kuni OFK Elit Osiyo Chempionlar ligasi doirasida Toshkentda «Paxtakor»ga qarshi o‘tkazadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi