Bugun
47
O'zbek

Konseysau: «Saudiyaда futbol haqiqiy kasbdek qabul qilinmaydi. Mahalliy o‘yinchilar o‘ziga talabchan emas»

Futbol
19 oktabr, 08:55
    16
«Al-Ittihod»da ishlagan portugaliyalik mutaxassis Saudiya futbol madaniyatini tanqid qildi.
Konseysau: «Saudiyaда futbol haqiqiy kasbdek qabul qilinmaydi. Mahalliy o‘yinchilar o‘ziga talabchan emas»
Foto: Getty Images

«Milan», «Portu» va «Al-Ittihod» klublarining sobiq bosh murabbiyi Serjiu Konseysau Saudiya Arabistoni chempionatida o‘ynayotgan futbolchilarni keskin tanqid qildi.

Mutaxassis 2026-yilda «Al-Ittihod» klubini tark etgandi.

«Mahalliy futbolchilar o‘zlariga nisbatan talabchan emas. Bu ularning yomonligi yoki xohishlari yo‘qligi sababli emas. Bu — shunchaki madaniyat masalasi. U yerda talabchanlik, mehnat va fidoyilikka asoslangan haqiqiy madaniyat shakllanmagan. Ularda bunday tafakkur yo‘q va bu bilan ishlash qiyin.

Ba’zi futbolchilar hatto mashg‘ulotlarga ham kelishmaydi. U yerda futbol hali ham haqiqiy kasb sifatida qabul qilinmaydi. Ular doimo bahona topishadi: o‘zini yomon his qilayotgan qarindoshi yoki din bilan bog‘liq sabablar, masalan, ertalab soat beshda o‘qilishi kerak bo‘lgan namoz.

Agar mashg‘ulotni shu vaqtga belgilasak, ayrim futbolchilar shunchaki kelishmaydi. Mening nuqtayi nazarimdan, bularning barchasini nazorat qilish juda qiyin. Haqiqatan ham juda qiyin»
, — deya Konseysau so‘zlarini keltiradi Football Tweet.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

16 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar