Live
2
O'zbek

«An Nasr»ning «Al Ahli»ga qarshi bahsi boshqa muddatga qoldirildi

Futbol
14 oktabr, 09:08
Ushbu bahs 2027-yilning 6-mart kuni o‘tkaziladi.
«An Nasr»ning «Al Ahli»ga qarshi bahsi boshqa muddatga qoldirildi
Фото: Getty Images
15.10.2026, 14:00 Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Al-Ahli Jidda Al-Ahli Jidda - : - Al Nassr Al Nassr

Saudiya Arabistoni chempionati doirasida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan «Al Ahli» va «An Nasr» o‘rtasidagi uchrashuv boshqa sanaga ko‘chirildi.

Klubning rasmiy saytida ma’lum qilinishicha, bahs 2027-yilning 6-mart kuni o‘tkaziladi. Uchrashuv nima sababdan qoldirilgani esa ochiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, dushanba kuni «An Nasr» Elit Osiyo Chempionlar ligasi doirasida «Neftchi» klubini 3:1 hisobida mag‘lub etgan edi. Raketa hujumi xavfi sababli mazkur uchrashuv belgilangan vaqtdan bir soat kech boshlangan.

Ushbu bahsda «An Nasr» yetakchisi Krishtianu Ronaldu ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi va jamoasining g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Bu gol portugaliyalik 41 yoshli futbolchining faoliyatidagi 981-goliga aylandi.

Ayni paytda Riyod klubi Saudiya Arabistoni Proligasi jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Ahli Jidda Al-Ahli Jidda
  • Al Nassr Al Nassr
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Bugungi yangiliklar