Live
2
O'zbek

Martinesning «Manchester Yunayted»dagi kelajagi so‘roq ostida qoldi

Futbol
14 oktabr, 09:47
Uning klub bilan amaldagi bitimi 2027 yilning yozida nihoyasiga yetadi.
Martinesning «Manchester Yunayted»dagi kelajagi so‘roq ostida qoldi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martinesning klubdagi kelajagi so‘roq ostida qoldi.

Argentinalik 28 yoshli futbolchining so‘nggi bayonotlari jamoa rahbariyati va kiyinish xonasida norozilik keltirib chiqardi.

Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, jamoa Manchesterga qaytish uchun samolyotga chiqayotgan paytda kamida bir nafar futbolchi Martinesning fikrlariga qo‘shilmasligini uning o‘ziga bildirgan.

Qayd etilishicha, Martines yozdayoq «qizil iblislar»ni tark etishni istagan va «Atletiko»ga o‘tishga harakat qilgan. Biroq Angliya klubiga ma’qul keladigan taklif kelib tushmagan.

Uning klub bilan amaldagi bitimi 2027 yilning yozida nihoyasiga yetadi. Klub kelishuvni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyatiga ega. Futbolchining keskin tanqidi sabab shartnoma uzaytirilmasligi mumkin.

Ingliz nashrlari xabariga ko‘ra, klub Lisandroni moliyaviy tomondan jarimaga solishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar