Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi bosh murabbiyi Luis Enrike UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti»ga qarshi bo‘lajak o‘yin, shuningdek, jamoaning mavsum startidagi natijalari haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bahs bugun, 14-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
«Barcha o‘yinchilarning safda ekanligi yaxshi, bu murabbiy uchun katta yutuq. Hozir bunday o‘yin uchun eng qulay vaqt, qanday darajada o‘ynay olishimizni ko‘ramiz. Bu yerda o‘ynash har doim ham oson emas.
Mavsumni yomon boshlamadik, ammo natijalarimiz munosib emas. Ichki chempionatda biz o‘zimiz uchun o‘rgangan o‘rinda emasmiz. Lekin men xavotir olmayapman. Bo‘lajak o‘yinni Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri bilan mehmonda o‘tkazamiz. Biz o‘z darajamizni ko‘rsatishga, qiyinchiliklarni yenga olishimizni ko‘rsatishga tayyormiz», - deya Enrikening so‘zlaridan iqtibos keltiradi UYEFA rasmiy sayti.
«PSJ» Fransiya chempionati musobaqa jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. Parijliklar oltita o‘yinda 11 ochko to‘pladi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi