Live
2
O'zbek

FIFA Infantinoga maoshidan tashqari qo‘shimcha pul to‘lagani ma’lum bo‘ldi — The Times

Futbol
14 oktabr, 08:04
Bu yashirin pullar Infantinoning Mayamidagi hashamatli hayot tarzini moliyalashtirishga sarflangan bo‘lishi mumkin.
FIFA Infantinoga maoshidan tashqari qo‘shimcha pul to‘lagani ma’lum bo‘ldi — The Times
Фото: Getty Images

FIFA tashkiloti prezidenti Janni Infantinoga to‘langan 1,5 million yevroga yaqin qo‘shimcha mablag‘lar haqidagi ma’lumotni jamoatchilikdan sir tutgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda The Times nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tashkilotning 2024-yilgi rasmiy hisobotida Infantinoning yillik daromadi 4,6 million yevro deb ko‘rsatilgan. Biroq 2026-yilgi jahon chempionatini tashkil etishga mas’ul bo‘lgan FWC2026 US Inc sho‘ba korxonasi orqali prezidentga yana qariyb 1,5 million yevro to‘lab berilgani hujjatlarda qayd etilmagan.

Bu yashirin pullar Infantinoning Mayamidagi hashamatli hayot tarzini moliyalashtirishga sarflangan bo‘lishi mumkin.

FIFA boshqaruv qo‘mitasining sobiq raisi Migel Maduro bu holat yuzasidan zudlik bilan surishtiruv o‘tkazishni talab qildi:

«Agar u FIFA’ga aloqador kompaniyalardan yashirincha qo‘shimcha to‘lovlar olayotgan bo‘lsa, bu qoidalarning ochiqchasiga buzilishidir. FIFA ustavi barcha moliyaviy ishlarda to‘liq shaffoflikni talab qiladi», — dedi Maduro.

Bugungi yangiliklar