Live
2
O'zbek

Kivu: «Chempionlar ligasida bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi»

Futbol
14 oktabr, 07:47
    1
Milanliklar ustozi YECHL umumiy bosqichi doirasida «Inter»ning «Bryugge»ga yutqazib qo‘ygani haqida gapirdi.
Kivu: «Chempionlar ligasida bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi»
Foto: Gettyimages
13.10.2026 FT Chempionlar ligasi Inter Inter 3 : 4 Club Brugge Club Brugge

Italiyaning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turida Belgiyaning «Bryugge» klubiga qarshi o‘yinda (3:4) mag‘lubiyatga uchragani haqida fikr bildirdi. «Bryugge» safida Nikolo Trezoldi (uch marta, jumladan, bir marta penaltidan) va Romeo Verman gol urishdi. «Inter» safida Lautaro Martines (ikki marta) va Anj-Joan Bonni gollarga mualliflik qilishdi.

«Biz qarshi hujumda gol o‘tkazib yubordik, keyin hisobni tenglashtirdik. Ikkinchi marta ham gol qo‘yib yuborganimizda, orqada juda ko‘p bo‘sh zonalar qoldira boshladik. Biz g‘alaba qozonishni xohladik, lekin raqibga juda ko‘p bo‘shliq qoldirdik. Chempionlar ligasida bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Maqsadlarimiz avvalgidek, oldinda yana oltita o‘yin bor, ammo mag‘lubiyatlar odamni ranjitadi. Biz ko‘p ishlashimiz va vaziyatni o‘nglashimiz kerak», - deya Kivuning so‘zlaridan iqtibos keltiradi UYEFA rasmiy sayti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Club Brugge Club Brugge
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar