Live
3
O'zbek

Simeone: «Birinchi golga olib kelgan kombinatsiya hayratlanarli edi»

Futbol
14 oktabr, 06:13
    2
«Matraschilar» ustozi «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yindan keyin taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Simeone: «Birinchi golga olib kelgan kombinatsiya hayratlanarli edi»
Foto: Gettyimages
13.10.2026 FT Chempionlar ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid 2 : 0 Manchester Yunayted Manchester Yunayted

Ispaniyaning «Atletiko Madrid» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 2-turi doirasida Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi ustidan qozonilgan g‘alaba (2:0) haqida fikrlarini bildirdi.

«O‘yinni juda yaxshi boshladik. Birinchi golga olib kelgan kombinatsiya hayratlanarli edi. Keyinchalik har ikki jamoa ham gol urishi mumkin edi, lekin o‘ylaymanki, umuman olganda, biz ko‘proq imkoniyatlar yaratdik va to‘pni yaxshiroq nazorat qildik.

Nazarimda, biz bu mavsumda avvalgidan ko‘ra ko‘proq gol uryapmiz. Bunday vaziyatda o‘yinlarni o‘z foydangga hal qilish har doim qulayroq bo‘ladi. Ammo biz hali mudofaa harakatlari ustida ishlashimiz kerak. Shunday qilishimiz kerakki, raqiblarimizga darvozamiz oldida keskinlik yaratish imkoniyatini kamroq beraylik», - deya Simeonening so‘zlaridan iqtibos keltiradi UYEFA rasmiy sayti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar