Live
3
O'zbek

ITIA: Monfis rasman faoliyatini yakunladi

Tennis
14 oktabr, 06:46
Ikki karra «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalar yarimfinalchisi katta tennisni tark etdi.
ITIA: Monfis rasman faoliyatini yakunladi
Foto: Gettyimages

Ikki karra «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalar yarimfinalchisi, 13 ta ATP turniri g‘olibi, dunyoning sobiq oltinchi raketkasi fransiyalik tennischisi Gael Monfis rasman faoliyatini yakunlagan hisoblanadi. Bu haqda Tennisda halollikni ta’minlash xalqaro agentligi (ITIA) saytida ma’lum qilindi.

«Bu haqda bizga uning o‘zi xabar berdi. Endi u nafaqaga chiqqan deb hisoblanadi va endilikda faol tennischi emas. Endi unga turnirlarda qatnashishga ruxsat berilmaydi», - deya ITIA jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha rahbari Adrian Bassettning so‘zlarini keltiradi L’Equipe.

Ma’lumot uchun, Monfis ushbu mavsum boshida yil oxirida faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan edi. Biroq dastlab uning rejasida oktyabr-noyabr oylarida Liondagi ATP-250 turniri va Parijdagi «Masters» musobaqalarida ishtirok etish bor edi. Biroq, keyinroq Gael bu musobaqadan voz kechdi.

Tennischining o‘zi hozircha bu borada hech qanday bayonot bermadi. Monfis bilan rasmiy xayrlashuv o‘tkazilishi ham hozircha noma’lum.

Bugungi yangiliklar