Live
3
O'zbek

O‘zFHM OKMK — «Navbahor» bahsidagi penalti vaziyati yuzasidan tushuntirish berdi

Futbol
14 oktabr, 06:17
90+6-daqiqada olmaliqliklar darvozasi tomon penalti belgilangandi.
O‘zFHM OKMK — «Navbahor» bahsidagi penalti vaziyati yuzasidan tushuntirish berdi
Фото: UzFHM

O‘zbekiston futbol hakamlari markazi Superliganing 23-turida, OKMK hamda «Navbahor» o‘rtasidagi bahsda ro‘y bergan vaziyat borasida tushuntirish berdi.

OKMK va «Navbahor» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning 90+6-daqiqasida penalti zarbasi ijro etildi. Darvozabon to‘pni qaytarganidan so‘ng, hujum qiluvchi jamoa futbolchisi jarima maydoniga muddatidan oldin kirgani va to‘pni o‘ynab, gol urgan holat yuzaga keldi.

Mazkur vaziyatda bosh hakam tomonidan himoyalanuvchi jamoa foydasiga erkin zarba belgilanishi to‘g‘ri qaror hisoblanadi.

«Har ikki jamoa futbolchilari jarima maydoniga muddatidan oldin kirgan bo‘lsa-da, penalti zarbasi qayta teptirilmaydi. Chunki faqat hujum qiluvchi jamoa futbolchisining qoidabuzarligi o‘yinga ta’sir ko‘rsatgan — u to‘pni o‘ynab, gol urgan. Shu sababli hakam hujum qiluvchi futbolchi jarima maydoniga kirgan joydan himoyalanuvchi jamoa foydasiga bilvosita erkin zarba belgilaydi. Bunda intizomiy chora qo‘llanilmaydi», - deya IFAB tushuntirish berdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • ОКМК ОКМК
  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
Bugungi yangiliklar