Live
1
O'zbek

Angliya futbol klublarining 94 foizi moliyaviy zarar bilan ishlamoqda

Futbol
14 oktabr, 07:08
    1
Bu klublarning ko‘pchiligi o‘z egalarining moliyaviy yordamiga qaram bo‘lib qolgan.
Angliya futbol klublarining 94 foizi moliyaviy zarar bilan ishlamoqda
Фото: Getty Images

Angliya futbolidagi yuqori beshta divizionda ishtirok etuvchi klublarning 94 foizi 2025/26-yilgi mavsumni moliyaviy zarar bilan yakunlagan. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Mamlakat futbolida daromadlar oshib borayotganiga qaramay, aksariyat jamoalarning moliyaviy ahvoli og‘irligicha qolmoqda.

Manbaga ko‘ra, Angliya futboli ustidan nazorat qiluvchi mustaqil regulyator (IFR) tomonidan e’lon qilingan «State of the Game» hisobotida klublarning moliyaviy holati tahlil qilingan.

Unga ko‘ra, Angliya futboli bir mavsum davomida 9 milliard funt sterlingdan ortiq daromad keltirgan. Biroq klublarning katta qismi xarajatlarini qoplashda qiynalmoqda. Ayniqsa, quyi divizion vakillari o‘z egalarining moliyaviy yordamiga qattiq bog‘lanib qolgan.

Shuningdek, klublarning 29 foizi egalari moliyaviy yordamni to‘xtatgan taqdirda 30 kundan ortiq faoliyat yurita olmasligi aniqlangan. Regulyator klublarning haddan tashqari ko‘p mablag‘ sarflashi va qarzdorlikning ortishi futbol tizimiga jiddiy xavf tug‘dirayotganini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun, hisobot Angliyaning beshta yuqori divizionidagi 116 ta professional klub faoliyatini qamrab olgan. Ularning qariyb 109 tasi moliyaviy zarar bilan ishlamoqda. Mamlakat futbolidagi umumiy qarzdorlik bu mavsum yakuniga qadar 5 milliard funt sterlingdan oshishi taxmin qilinmoqda.

IFR vaziyatni yaxshilash maqsadida xarajatlar ustidan nazoratni kuchaytirish va klublar o‘rtasida daromadlarni adolatli taqsimlash bo‘yicha islohotlarni taklif qilgan.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar