Live
2
O'zbek

Futzal. Oliy liga 3- va 4-tur uchrashuvlarining muddatlari hamda manzillari e’lon qilindi

Boshqalar
14 oktabr, 07:38
Turnir jadvalida BMB jamoasi peshqadamlik qilmoqda.
Futzal. Oliy liga 3- va 4-tur uchrashuvlarining muddatlari hamda manzillari e’lon qilindi
Фото: Ўзбекистон футзали

Futzal bo‘yicha Oliy liganing 3- va 4-tur uchrashuvlari o‘tkaziladigan muddatlar hamda manzillar e’lon qilindi. Musobaqalarni o‘tkazish departamenti tomonidan tasdiqlangan taqvimga muvofiq, 3-tur bahslari Jizzaxda, 4-tur uchrashuvlari esa Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Unga ko‘ra, 3-tur o‘yinlari 22–27-oktabr kunlari Jizzax shahridagi viloyat futbol akademiyasi sport zalida bo‘lib o‘tadi. 4-tur esa 13 — 16-noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladi. O‘FF xabar berishicha, bahslar qaysi zalda bo‘lishi keyinchalik e’lon qilinadi.

Ma’lumot uchun, yakunlangan 2 ta turdan keyin BMB jamoasi peshqadamlik qilmoqda. «Xorazm» ikkinchi o‘rinni egallagan. Kuchli uchlikni SQB jamoasi yakunlab bergan.

3-tur o‘yinlari ro‘yxati:

Bugungi yangiliklar