Live
1
O'zbek

Arauxoning «Liverpul»dagi kelajagi nimaga bog‘liq ekanligi ma’lum qilindi

Futbol
14 oktabr, 08:41
Urugvaylik futbolchining transfer huquqi «Barselona»ga tegishli va u bu mavsumni APL vakili tarkibida o‘tkazmoqda.
Arauxoning «Liverpul»dagi kelajagi nimaga bog‘liq ekanligi ma’lum qilindi
Foto: Gettyimages

Himoyachi Ronald Arauxoning «Liverpul»dagi kelajagi haqida yangi ma’lumot paydo bo‘ldi. Ayni paytda urugvaylik futbolchining transfer huquqi «Barselona»ga tegishli bo‘lib, ingliz klubi safida ijara asosida harakat qilmoqda.

Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, kelasi yozda «Liverpul» Arauxoni 55 million yevroga sotib olish imkoniyatini faollashtirish kerakmi yoki yo‘qligini hal qilishi zarur. Qayd etilishicha, himoyachining kelajagi Jarell Kuansaning «Liverpul»ga qaytishiga bevosita bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Mersisaydliklar safida 27 yoshli Arauxo barcha musobaqalarni inobatga olganda sakkizta o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatma yetkazib berdi.

«Liverpul» navbatdagi o‘yinini bugun, 14-oktyabr kuni LASKga qarshi o‘tkazadi. Chempionlar ligasi umumiy bosqich 2-turi doirasidagi bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:45 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar