Live
3
O'zbek

Fernandesh «Barselona»dan taklif kutmoqda — manba

Futbol
14 oktabr, 05:59
Uning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida nihoyasiga yetadi.
Fernandesh «Barselona»dan taklif kutmoqda — manba
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» va Portugaliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Bruno Fernandesh «Barselona»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 32 yoshli futbolchi kataloniyaliklarning ehtimoliy transfer borasidagi yangiliklarini kutmoqda.

Fernandeshning kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Hozircha klublar o‘rtasida kelishuvga erishilmagan.

Qayd etilishicha, Fernandesh xizmatiga «Yuventus», «Milan», «Atletiko» va «Galatasaroy» klublari qiziqish bildirgan va uning atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.

Hozirda futbolchining transfer qiymati 35 million yevro etib baholanmoqda. Uning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida nihoyasiga yetadi.

Avvalroq «Manchester Yunayted» himoyachisi Lisandro Martines «Atletiko»ga qarshi bahsdagi mag‘lubiyatdan keyin jamoaning ahvoli haqida keskin fikr bildirgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar