Bugun
61
O'zbek

«Barselona» Flik qo‘l ostida 44-marta yirik hisobda g‘alaba qozondi

Futbol
14 oktabr, 00:20
Nemis mutaxassisi boshqaruvida kataloniyaliklar 127 ta bahsda maydonga tushgan.
«Barselona» Flik qo‘l ostida 44-marta yirik hisobda g‘alaba qozondi
Foto: Getty Images
13.10.2026 FT Chempionlar ligasi Galatasaray Galatasaray 1 : 4 Barselona Barselona

«Barselona» bosh murabbiy Hans-Diter Flik qo‘l ostida navbatdagi yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Kataloniyaliklar Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida «Galatasaroy»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

Sports.ru ma’lumotiga ko‘ra, bu Flik boshqaruvidagi «Barselona»ning barcha musobaqalarda o'tkazilgan 127 ta bahsdagi 44-yirik g‘alabasi bo‘ldi. Bunda jamoaning kamida uchta gol farqi bilan qo‘lga kiritgan zafarlari hisobga olingan.

Ma’lumot uchun, Flik qo‘l ostida «Barselona» «Valensiya»ni to‘rt marta, «Atletik», «Malyorka» va «Sevilya»ni esa uch martadan yirik hisobda mag‘lub etgan. Shuningdek, kataloniyaliklar «Real», «Jirona», «Vilyarreal» va «Xetafe» ustidan ikkitadan shunday g‘alabaga erishgan.

Eslatib o‘tamiz, Flik boshqaruvidagi «Barselona»ning eng yirik g‘alabalari qatoriga «Valyadolid» ustidan 7:0, «Nyukasl» ustidan 7:2 hamda «Olimpiakos» ustidan 6:1 hisobidagi zafarlar ham kiradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar