Londonning «Arsenal» klubi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida ketma-ket 14 ta bahsda g‘alaba qozondi. Mikel Arteta boshqaruvidagi jamoa ikkinchi turda «Lill»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi. Birinchi turda esa «Napoli» 1:0 hisobida taslim etilgandi.
Ma’lumot uchun, «Arsenal» o‘tgan mavsum Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida sakkizta g‘alabaga erishgan. Undan avvalgi mavsumda esa londonliklar umumiy bosqichdagi so‘nggi to‘rtta bahsda zafar quchgan.
Eslatib o‘tamiz, «Arsenal»ning ushbu 14 ta bahsdagi umumiy gollar nisbati 40:6 ni tashkil etmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi