«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Lisandro Martinesning klub rahbariyatiga nisbatan bildirgan tanqidiy fikrlari haqida gapirdi. Argentinalik himoyachi Chempionlar Ligasida «Atletiko»dan 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng rahbariyat faoliyatidan noroziligini bildirgan edi. Kerrikning so‘zlarini Amazon Prime keltirmoqda.
«Martines nima deganini ko‘rmadim. Ammo natija uchun kurashib, oxir-oqibat hafsalasi pir bo‘lgan holda maydonni tark etadigan bunday bahslardan keyin hissiyotlar ustun kelishi mumkin. Uning fikrlarini ko‘rmaganim uchun hozir bu haqda gapirishni to‘g‘ri deb hisoblamayman.
«MYU» taqdiriga barchamiz befarq emasmiz va har birimiz buni turlicha namoyon qilamiz. Hozir eng muhimi — jipslashish va qiyinchiliklarni birgalikda yengib o‘tish», — dedi Kerrik.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» Chempionlar Ligasi doirasida Madridda «Atletiko»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, «qizil iblislar» 18-oktyabr kuni Angliya chempionati doirasida safarda «Lids»ga qarshi bahs olib boradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi