Bugun, 13-oktyabr kuni Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turi doirasida Madridning «Atletiko» klubi o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qiladi. «Sivitas Metropolitano» stadionida bo‘lib o‘tadigan bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.
Jamoalar o‘zaro so‘nggi beshta rasmiy va o‘rtoqlik bahsida quyidagi natijalarni qayd etgan:
- 2026-yil, 1-avgust. O‘rtoqlik bahsi. «Manchester Yunayted» — «Atletiko» 2:1;
- 2022-yil, 30-iyul. O‘rtoqlik bahsi. «Manchester Yunayted» — «Atletiko» 0:1;
- 2022-yil, 15-mart. Chempionlar Ligasi. «Manchester Yunayted» — «Atletiko» 0:1;
- 2022-yil, 23-fevral. Chempionlar Ligasi. «Atletiko» — «Manchester Yunayted» 1:1;
- 1991-yil, 6-noyabr. Kubok egalari kubogi. «Manchester Yunayted» — «Atletiko» 1:1.
Shunday qilib, so‘nggi beshta bahs natijalariga ko‘ra, «Atletiko» ikki bor g‘alaba qozongan, «Manchester Yunayted» bir marta zafar quchgan. Yana ikki bellashuv durang bilan yakunlangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi