«Atletiko» bosh murabbiyi Diego Simeone Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi 2-turidan o‘rin olgan «Manchester Yunayted»ga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
«Ertaga o‘z maydonimizda bizni juda yaxshi pressing qiladigan va tezkor futbolchilarga ega raqibga qarshi o‘yin kutmoqda.
Mavsum boshidagi duranglarga qaramay, manchesterliklar o‘tgan yilgidek ko‘plab golli vaziyatlar yaratishmoqda.
Bu «Manchester Yunayted». Shuning uchun o‘yinni raqibga muammo tug‘dira oladigan yo‘nalishga burishimiz kerak», — dedi Simeone Marca nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot o‘rnida, «Atletiko» va «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi bahs Ispaniya poytaxti Madrid shahrida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 14 oktabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.
Avvalroq «Chelsi»ning Simeone bilan shartnoma imzolamoqchi ekani ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi