Live
3
O'zbek

Kerrik: «Atletiko» Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri»

Futbol
13 oktabr, 06:45
«MYU» bosh murabbiyi Madrid klubi bilan Chempionlar Ligasi bahsi oldidan Diyego Simeonening ishiga yuqori baho berdi.
Kerrik: «Atletiko» Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri»
Foto: Getty Images
13.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Atletico Madrid Atletico Madrid - : - Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Madridning «Atletiko» klubini Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biri deb atadi. Mutaxassis Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turi doirasidagi bahs oldidan raqib jamoa va uning ustozi Diyego Simeone haqida fikr bildirdi. Bu haqda Manchester Evening News nashri xabar berdi.

«Simeone bilan uchrashishni kutyapsizmi?» degan savolga Kerrik quyidagicha javob berdi:

«Murabbiy sifatida uni juda hurmat qilaman. Kuchli jamoani shakllantirish uchun vaqt kerak. Simeonening klubda shuncha vaqt davomida ishlayotgani uning «Atletiko»ga ta’sirini yaqqol ko‘rsatadi. Bu jamoa haqiqatan ham xavfli va biz uchun jiddiy sinov bo‘ladi.

Bizning fikrimizcha, «Atletiko» Yevropadagi hech bir jamoadan kam emas va qit’aning eng yaxshi klublari qatoridan munosib o‘rin olgan», — dedi Kerrik.

Ma’lumot uchun, «Atletiko» va «Manchester Yunayted» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turi doirasida Madridda o‘zaro bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, bellashuv 13-oktyabr kuni «Metropolitano» stadionida Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar