«Manchester Yunayted» sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel «Manchester Siti»ga nisbatan jazo choralarini taklif qildi.
«Ularni APLdan chiqarib yuborish kerak emas. Biroq keyingi besh mavsum davomida har bir mavsum boshlanishidan oldin ulardan 25 ochkodan olib tashlash lozim. Bu boshqa jamoalar uchun ham yaxshigina saboq bo‘ladi.
Agar qoidalarni aylanib o‘tishga urinsang, jiddiy jazolanishing kerak. Bundan tashqari, «Manchester Siti»ga katta miqdorda jarima solish va keyingi besh yil davomida transferlarni taqiqlash zarur», — dedi daniyalik sobiq darvozabon.
Qayd etish lozim, manchesterliklar to‘qqiz mavsum davomida moliyaviy qoidalarni buzish bilan bog‘liq 115 ta holatning 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Enso Mareska shogirdlari APLning olti turidan keyin 18 ochko bilan turnir jadvalida yaqqol peshqadamlik qilmoqda.