«Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzganlik bilan bog‘liq deyarli barcha ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topildi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mustaqil komissiya klubga qo‘yilgan 115 ta ayblovdan 114 tasi bo‘yicha aybdorlik haqida qaror chiqargan. Ayni paytda «Manchester Siti»ga nisbatan qanday jazo chorasi qo‘llanishi hali aniq emas. Klub mustaqil komissiya qaroridan apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda. Sh
Eslatib o‘tamiz, APL 2023 yil fevral oyida «shaharliklar»ni 2009–2018 yillar oralig‘ida moliyaviy qoidalarni 115 marta buzganlikda ayblagan edi. Ish bo‘yicha mustaqil komissiyaning eshituvlari 2024 yil sentyabr oyida boshlangan va shu yil dekabr oyida yakunlangan edi. Shundan so‘ng qaror chiqarilishi kutilgan.
«Manchester Siti» esa ayblovlarni avvaldan rad etib kelmoqda. Klubning ta’kidlashicha, ish hali yakuniga yetmagan va qaror ustidan apellyatsiya berilishi kutilmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi