Live
4
O'zbek

Mareska: «PSJ» — Yevropaning eng yaxshi jamoasi, bizga mukammal o‘yin kerak»

Futbol
13 oktabr, 08:45
«Manchester Siti» bosh murabbiyi YCHL doirasidagi bo‘lajak bahs oldidan parijliklarning kuchiga yuqori baho berdi.
Mareska: «PSJ» — Yevropaning eng yaxshi jamoasi, bizga mukammal o‘yin kerak»
Foto: Getty Images
14.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Manchester Siti Manchester Siti - : - Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida «PSJ»ga qarshi kechadigan bahs haqida fikr bildirdi. Mutaxassisning so‘zlarini klub matbuot xizmati keltirmoqda.

«Ertangi bahs oldidan vazifamiz oddiy: bizga mukammal o‘yin kerak, chunki ayni paytda «PSJ» Yevropaning eng yaxshi jamoasi. Ular Chempionlar Ligasida ketma-ket ikki marta g‘olib chiqdi. Bu jamoaning qanchalik kuchli ekanini ko‘rsatadi.

Bizga haqiqatan ham nuqsonsiz o‘yin kerak. Ammo eng yaxshi futbolimizni namoyish eta olsak, ularni mag‘lub etish imkoniyatimiz bor. Biz kuchli jamoa ekanimizga shubha yo‘q. «PSJ» darajasiga qanchalik yaqin yoki uzoq ekanimizni esa aniq ayta olmayman.

Men «PSJ»ning qanchalik kuchli ekanini yaxshi tushunaman: ular so‘nggi ikki yilda ikki marta Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘ldi. Hozir ularga qanchalik yaqinlashganimizga ishonchim komil emas, ammo o‘zimiz ham munosib jamoamiz», — dedi Mareska.

Ma’lumot uchun, «Manchester Siti» va «PSJ» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida 14-oktyabr kuni Manchesterda o‘zaro bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar