Live
4
O'zbek

Luis Enrike: «Men mukammal emasman va hamon ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yaman»

Futbol
13 oktabr, 08:30
«PSJ» ustozi futbolchilar bilan ishlash uslubi va murabbiy sifatida rivojlanishda davom etish muhimligi haqida gapirdi.
Luis Enrike: «Men mukammal emasman va hamon ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yaman»
Foto: Getty Images
14.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Manchester Siti Manchester Siti - : - Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike o‘z ishiga munosabati va futbolchilar bilan o‘zaro hamkorligi haqida fikr bildirdi. Ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini Marca nashri keltirmoqda.

«Men avvalgidekman, xatolarim ham o‘sha-o‘sha. Mukammal emasman va hamon ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yaman. Har kuni yaxshiroq bo‘lishga harakat qilaman. Futbolda katta tajribaga egaman, ammo bu har doim o‘zimni haq deb hisoblashim yoki rivojlanishda davom eta olmasligimni anglatmaydi.

Men futbolchilarga doimiy ravishda ko‘rsatma berib turadigan murabbiy bo‘lishni istamayman. Ular o‘yin tizimini tushunishlari va har bir vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul qila olishlari kerak. Eng muhimi shu. Futbolchilar mustaqil ravishda yechim topishni va turli vaziyatlardan chiqib ketishni ham bilishlari lozim», — dedi Enrike.

Ma’lumot uchun, Luis Enrike 2023-yil yozidan buyon Parij klubini boshqarib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis qo‘l ostida «PSJ» Yevropa futbolidagi yetakchi jamoalardan biriga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar