Live
2
O'zbek

Virtsga to‘rtta grand klub qiziqmoqda

Futbol
13 oktabr, 09:30
«Liverpul» yarimhimoyachisi kelasi yozda jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Virtsga to‘rtta grand klub qiziqmoqda
Foto: Getty Images

«Liverpul» yarimhimoyachisi Florian Virtsning kelasi yozgi transfer oynasida boshqa klubga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Jurnalist Ekrem Konur ma’lumotiga ko‘ra, «Chelsi», «Bavariya», Madridning «Real» klubi va «Barselona» 23 yoshli futbolchining vaziyatini kuzatib bormoqda.

Virts «Liverpul»dagi faoliyatida hozircha o‘z o‘rnini topa olmayotgani sababli uning ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlar davom etmoqda. Qayd etilishicha, yuqorida nomlari keltirilgan klublar yarimhimoyachini kelajakda sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Virtsning bozor qiymatini 85 million yevroga baholamoqda. «Liverpul» nemis futbolchisini 2025-yil yozida Leverkuzenning «Bayer» klubidan 125 million yevro evaziga sotib olgan.

Eslatib o‘tamiz, Virtsning «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan. Hozircha uning transferi bo‘yicha rasmiy takliflar haqida ma’lumot yo‘q.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Chelsi Chelsi
  • Real Madrid Real Madrid
  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar