Live
2
O'zbek

Enrike: «Hazillashishni va futbolchilarga yaqin bo‘lishni yaxshi ko‘raman»

Futbol
13 oktabr, 10:17
«PSJ» ustozi shogirdlari bilan o‘zaro munosabatlari haqida gapirdi.
Enrike: «Hazillashishni va futbolchilarga yaqin bo‘lishni yaxshi ko‘raman»
Foto: Getty Images

«Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi Luis Enrike jamoa futbolchilari bilan o‘zaro munosabatlari haqida fikr bildirdi.

«Men kulishni, hazillashishni va futbolchilarga yaqin bo‘lishni yaxshi ko‘raman. Bu menga kuch-quvvat bag‘ishlaydi. Ular bilan bir xil kayfiyatda bo‘lishni, hazillashib, barcha vaziyatlarni birgalikda boshdan kechirishni istayman.

Ba’zan Vitinya menga: «Siz hozir jiddiy gapiryapsizmi yoki hazillashyapsizmi, tushunmayapman», deydi. Men esa unga: «O‘zing hal qil», deb javob beraman. Futbolchilar bilan shunday munosabatlarni saqlab turish menga yoqadi»
, — deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini keltiradi Le Meilleur du PSG nashri.

Luis Enrike 2023-yilning yozidan buyon «PSJ»ni boshqarib kelmoqda. U parijliklar bilan birgalikda jami 13 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Ular orasida ketma-ket ikki marta qo‘lga kiritilgan Chempionlar ligasi g‘olibligi ham bor.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar