Live
4
O'zbek

«PSJ» «Chelsi» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Futbol
13 oktabr, 07:15
Parijliklar Malo Gyustoni transfer qilib, himoya chizig‘idagi tanlov imkoniyatlarini kengaytirmoqchi.
«PSJ» «Chelsi» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
Foto: Getty Images

«PSJ» Londonning «Chelsi» klubi himoyachisi Malo Gyustoni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Fransiya klubi 23 yoshli futbolchiga qiziqishni qayta tiklamoqchi. Parijliklar himoyaga ko‘proq universallik qo‘shish va zaxira tarkibini kuchaytirishni maqsad qilgan.

Ta’kidlanishicha, «Chelsi» endilikda Gyustoni sotilmaydigan futbolchilar qatoriga kiritmayapti va bozor qiymatiga mos takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor. Londonliklar himoyachini yozda talab qilingan 90 million yevrodan kamroq summaga ham sotishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Gyusto ushbu mavsumda barcha musobaqalarda yettita bahsda maydonga tushib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik himoyachi «Chelsi» safida o‘ng qanot himoyachisi sifatida to‘p tepadi va zaruratga ko‘ra boshqa pozitsiyalarda ham o‘ynay oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar