Live
2
O'zbek

Diash: «Husanov — jamoamizning bir qismi»

Futbol
13 oktabr, 09:35
    19
«Man Siti» sardori o‘zbekistonlik himoyachi haqida gapirdi.
Diash: «Husanov — jamoamizning bir qismi»
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» himoyachisi Ruben Diash jamoadoshi, o‘zbekistonlik Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Husanov — jamoaning bir qismi. U — juda iqtidorli futbolchi, jismonan ham juda kuchli. U — jamoamizga yordam bera oladigan o‘yinchi»,
— dedi Diash «PSJ» bilan o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, Husanov bu mavsumda barcha musobaqalarni hisobga olganda, 6 ta bahsda maydonga tushdi va hozircha samarali harakatlari (gol yoki golli uzatma) bilan ajralib turmadi.

14 oktabr, chorshanba kuni «Manchester Siti» Chempionlar ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida «PSJ»ni qabul qiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

19 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar