Angliya Premyer-ligasining 6-turidan o‘rin olgan so‘nggi o‘yinda «Nyukasl» safarda «Koventri Siti»ga yirik hisobda (1:4) mag‘lub bo‘ldi.
E’tiborlisi, «olaqarg‘alar» ketma-ket ikkinchi safar o‘yinida o‘z darvozasidan 4 ta gol o‘tkazib yubordi. Sentabr oyida «Lids» ham ularni xuddi shu hisobda mag‘lub etgandi.
Shu tariqa «Nyukasl» 2012-yil dekabridan buyon ilk bor Premyer-liganing ketma-ket ikkita safar uchrashuvida o‘z darvozasidan 4 ta yoki undan ko‘proq gol o‘tkazib yubordi. O‘shanda jamoa «Manchester Yunayted»ga 3:4, «Arsenal»ga esa 3:7 hisobida yutqazgandi.
Matias Yayssle jamoasi Angliya yuqori divizioni turnir jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi. Keyingi turda jamoa o‘z maydonida «Aston Villa»ni qabul qiladi.
«Nyukasl» 14 yildan so‘ng APLdagi ketma-ket ikki safar o‘yinida 4+ ta gol o‘tkazib yubordi
Futbol
13 oktabr, 05:52
«Olaqarg‘alar» 2012-yildagi antirekordni takrorladi.
Foto: Getty Images
12.10.2026
FT
Angliya Premer-ligasi
Koventri Siti
4
:
1
Nyukasl