Live
4
O'zbek

Gexi: «Mareska har doim g‘alaba qozonishga intiladi»

Futbol
13 oktabr, 04:50
«Manchester Siti» himoyachisi Enso Mareskaning ish uslubi va jamoaga ta’siri haqida fikr bildirdi.
Gexi: «Mareska har doim g‘alaba qozonishga intiladi»
Foto: Getty Images
11.10.2026 FT Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul 0 : 3 Manchester Siti Manchester Siti

«Manchester Siti» himoyachisi Mark Gexi bosh murabbiy Enso Mareska qo‘l ostida ishlash haqida gapirdi. Uning ta’kidlashicha, murabbiy bilan futbolchilar o‘rtasidagi ochiq muloqot va g‘alabaga bo‘lgan intilish jamoaga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda UEFA rasmiy saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

«Bizning munosabatlarimiz juda ochiq. Men istalgan vaqtda u bilan har qanday mavzuda gaplasha olaman. Boshqa futbolchilarga ham xuddi shunday imkoniyat berilgan.

Mareskaning g‘oyalari, xarakteri va har doim g‘alaba qozonishga bo‘lgan intilishi hozirdanoq ko‘zga tashlanmoqda. Menimcha, bularning barchasi jamoaga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda», — dedi Gexi.

Avvalroq «Manchester Siti» safarda «Liverpul»ni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. 6-turdan so‘ng «shaharliklar» APLda barcha bahslarda g‘alaba qozonib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Ma'lumot uchun, 14-oktyabr kuni Mareska shogirdlari Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining ikkinchi turida «PSJ»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 15-oktyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar