«Manchester Siti» vingeri Jeremi Doku Angliya Premyer-ligasining 6-turidan o‘rin olgan «Liverpul»ga (3:0) qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Ma’lumot uchun, uchrashuvdagi ikkinchi golni aynan belgiyalik futbolchi ajoyib tarzda kiritdi.
«Natijadan juda mamnunmiz, chunki bu yerda o‘ynash qanchalik qiyinligini bilamiz. O‘yin boshidanoq juda keskin kechdi. G‘alaba qozonganimizdan barchamiz xursandmiz. «Enfild»dagi uchrashuvlar doimo yuqori keskinlikda o‘tadi. Bu yerda har doim juda qiyin va shiddatli o‘yinlarda ishtirok etishimga to‘g‘ri kelgan. Aynan shunday bo‘lishini kutgandik. Jamoam bilan faxrlanaman, biz bu vazifani a’lo darajada uddaladik», — deya Dokuning so‘zlaridan keltiradi BBC Sport nashri.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» turnir jadvalida 18 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.