Birinchi liganing 18-turi doirasida «Bunyodkor-2» Samarqandda «Sherdor» mehmoni bo‘lishi lozim edi.
PFL matbuot xizmati xabar berishicha, 9 oktabr kuni «Bunyodkor FK» mazkur safar uchrashuviga bora olmasligini Ligaga rasman ma’lum qildi.
«Klub tomonidan taqdim etilgan xatda ushbu qarorga moliyaviy qiyinchiliklar sabab sifatida ko‘rsatilgan. «Bunyodkor» rahbariyati jamoani safarga yuborish imkoniyati mavjud emasligini bildirgan.
Shu munosabat bilan, Birinchi liganing 18-turidan o‘rin olgan «Sherdor» — «Bunyodkor-2» uchrashuvi o‘tkazilmaydi. Mazkur holat yuzasidan Birinchi liga reglamentiga muvofiq ravishda «Bunyodkor-2»ga 0:3 hisobidagi texnik mag‘lubiyat, «Sherdor» klubiga esa 3:0 hisobidagi texnik g‘alaba yozildi.
Liga 13 oktabr kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan «Sherdor» — «Bunyodkor-2» uchrashuvi bilan bog‘liq barcha tashkiliy ishlarni to‘xtatadi», - deyiladi xabarda.