Madridning «Real» klubi darvozabon Tibo Kurtua bilan amaldagi shartnomani 2028 yilgacha uzaytiradi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «qaymoqranglilar» rahbariyati belgiyalik 35 yoshli darvozabonning o‘yinini va jamoa uchun ahamiyatini yuqori baholamoqda. Shu bois klub Kurtua bilan hamkorlikni yanada uzoq muddatga davom ettirish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, Kurtua 2018 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati 15 million yevro atrofida baholanmoqda.
Tibo ushbu mavsumda La Ligada 8 ta o‘yinda maydonga tushdi va 8 bor to‘p o‘tkazib yubordi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi