«Real» klubi «Vilyarreal»ga qarshi o‘tgan bahsda Vinisius Juniorga berilgan qizil kartochka ustidan apellyatsiya berish niyatida. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi gol urganidan keyin to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Hujum paytida u raqib futbolchisining sochidan tortgan edi. Hakam videotasvirni ko‘rib chiqib, «qaymoqranglilar» yulduzini maydondan chetlatishga qaror qildi.
Endi vinger ikki yoki uchta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Agar vaziyat shunday davom etsa, Vinisius «Barselona»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi.
Qayd etilishicha, klub apellyatsiya beradi, ammo diskvalifikatsiya muddati qisqarishiga unchalik ishonmayapti.
Avvalroq klubdagilar Vinisiusning xatti-harakatlaridan xavotirga tushgani haqida xabar berilgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi