Live
4
O'zbek

«Real» Vinisiusning agressiv xatti-harakatidan xavotirda

Futbol
11 oktabr, 05:10
Braziliyalik vinger «Vilyarreal»ga qarshi bahsda qizil kartochka olgan edi.
«Real» Vinisiusning agressiv xatti-harakatidan xavotirda
Foto: Getty Images
10.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid 1 : 0 Villarreal Villarreal

Madridning «Real» klubi Vinisius Juniorning Ispaniya chempionati 8-turi doirasida «Vilyarreal»ga qarshi kechgan bahsdagi xatti-harakatlaridan xavotirga tushdi. Ushbu bahsda madridliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lsa-da, braziliyalik vinger ikkinchi bo‘limda maydondan chetlatildi.

The Touchline nashri xabariga ko‘ra, «Real» vakillari futbolchining qizil kartochka olganidan jiddiy tashvishda. Klubda Vinisius o‘z hissiyotlarini nazorat qilishni o‘rgangan, deb hisoblashgan. Biroq uning so‘nggi xatti-harakati avvalgi odatlari yana qaytishi mumkinligi borasida xavotir uyg‘otgan.

Vinisiusning maydondagi o‘zini tutishi Madrid klubi uchun muhokama mavzusiga aylangan. Jamoa rahbariyati futbolchining hissiyotlarini nazorat qilishi va bunday vaziyatlarning takrorlanmasligi muhim deb hisoblamoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Vilyarreal» ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Joze Mourinio boshqaruvidagi «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Villarreal Villarreal
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar