Live
5
O'zbek

«Real»da Mourinio sabab taranglik kuchaymoqda — The Touchline

Futbol
11 oktabr, 06:00
Futbolchilarning bir qismi portugaliyalik murabbiyning taktik tizimdan ko‘ra individual mahoratga tayanganidan norozi.
«Real»da Mourinio sabab taranglik kuchaymoqda — The Touchline
Foto: Getty Images
10.10.2026 FT Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid 1 : 0 Villarreal Villarreal

Madridning «Real» klubida bosh murabbiy Joze Mourinioning ish uslubidan norozilik ortidan ichki taranglik kuchaymoqda. The Touchline nashrining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozishicha, bir nechta futbolchi portugaliyalik mutaxassisning aniq taktik tizimga emas, ko‘proq futbolchilarning individual mahoratiga tayanayotganidan norozi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, jamoa kiyinish xonasida qarashlar o‘rtasidagi tafovut tobora kuchayib bormoqda. «Real» uchun qanday murabbiy kerakligi borasidagi fikrlar ham bir-biriga zid kelmoqda.

Qayd etilishicha, jamoaning sobiq bosh murabbiyi Xabi Alonso haddan tashqari murakkab taktik yondashuvi sababli iste’foga chiqarilgan. Endilikda esa Mourinio taktik jihatdan yetarlicha chuqur ishlamayotgani uchun tanqid qilinmoqda. Bu holat klub ichidagi murabbiylik yondashuviga nisbatan qarashlar turlicha ekanini ko‘rsatmoqda.

Ma’lumot uchun, Joze Mourinio yozda «Real» bosh murabbiyiga aylangan. Portugaliyalik mutaxassisning klub bilan shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Villarreal Villarreal
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar