Live
4
O'zbek

Emilian Karas: «Raqib hujumda kuchli, ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz»

Futbol
11 oktabr, 05:55
«Paxtakor» bosh murabbiyi «Al Qodisiya»ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Emilian Karas: «Raqib hujumda kuchli, ijobiy natijaga erishishga harakat qilamiz»
Foto: FC Pakhtakor
12.10.2026, 09:45 Osiyo Chempionlar Ligasi Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent - : - Al Qodasiya Al Qodasiya

«Paxtakor» bosh murabbiyi Emilian Karas Elit Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi «Al Qodisiya»ga qarshi uchrashuv oldidan raqib va jamoasining tayyorgarligi haqida fikr bildirdi.

«Raqib safida yuqori saviyali futbolchilar bor. Jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatmoqda, so‘nggi uchrashuvida 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Ularning o‘yinini tahlil qildik. Maydonda yaxshi harakat qilib, ijobiy natijaga erishishga intilamiz.

Karas raqib hujumda kuchli ekanini, hatto himoyachilari ham oldingi chiziqqa faol qo‘shilishini ta’kidladi. U kuchli va zaif jihatlar haqida bahsdan keyin batafsil gapirishini bildirdi.

Shuningdek, murabbiy Sanjar Quvvatov va Vladimir Nazarovni teng saviyali darvozabonlar deb atadi. Shu bilan birga, asosiy tarkibda kim o‘ynashi hali hal qilinmagani ta’kidlandi.

«Ikkala darvozabon ham uchrashuvga tayyorlanmoqda. Kim maydonga tushishini ertaga ko‘rasiz», — dedi Karas.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Al Qodasiya Al Qodasiya
  • Osiyo Chempionlar Ligasi Osiyo Chempionlar Ligasi
Bugungi yangiliklar