Live
13
O'zbek

Kimmix: «Bu biznes qanday ishlashini yaxshi bilaman»

Futbol
11 oktabr, 06:05
Germaniya milliy jamoasi sardori OAVda avj olgan bahslarga munosabat bildirdi.
Kimmix: «Bu biznes qanday ishlashini yaxshi bilaman»
Foto: Getty Images

Germaniya milliy jamoasi sardori va Myunxenning «Bavariya» klubi yarim himoyachisi Yozua Kimmix milliy jamoa asosiy tarkibidan kafolatlangan o‘ringa ega bo‘lishi maqsadga muvofiqligi haqida Germaniya ommaviy axborot vositalarida avj olgan bahslarga munosabat bildirdi.

«Rostini aytsam, bu gap-so‘zlarni ataylab kuzatib bormadim. Lekin atrofda nimalar bo‘layotganini u yoki bu tarzda baribir bilib olasiz.

Men professional futbolda 12 yildan beri faoliyat yurityapman va bu biznes qanday ishlashini juda yaxshi bilaman.
Men e’tibor qaratishim mumkin bo‘lgan va qaratishim shart bo‘lgan yagona narsa — maydondagi o‘z o‘yinim sifati.

Hozir ham shunga e’tibor qaratyapman, so‘nggi 11 yil davomida ham shunday qilganman va bundan keyin ham xuddi shu tarzda davom etaman», — deya Kimmixning so‘zlarini keltiradi Sky Sports Germany.

Ma’lumot o‘rnida, Kimmix so‘nggi FIFA kunlari doirasida Germaniya milliy jamoasining 2 ta uchrashuvida maydonga tushdi. «Nemis mashinasi» esa 4 ta bahsda 1 marta g‘alaba qozondi, 2 marta durang o‘ynadi va 1 bor mag‘lubiyatga uchradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Germaniya Germaniya
Bugungi yangiliklar