Live
3
O'zbek

Vinisius diskvalifikatsiya tufayli «El Klasiko»ni o‘tkazib yuborishi mumkin

Futbol
11 oktabr, 01:47
Mourinio «Barselona»ga qarshi bahsda braziliyalik vinger xizmatlaridan foydalana olmasligi mumkin.
Vinisius diskvalifikatsiya tufayli «El Klasiko»ni o‘tkazib yuborishi mumkin
Foto: Gettyimages
25.10.2026, 16:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Real Madrid Real Madrid

Madridning «Real» klubi vingeri Vinisius Junior «Barselona»ga qarshi bahsni diskvalifikatsiya sababli o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lishi mumkin.

Shanba, 10-oktyabr kuni La Liga 8-turi doirasidagi «Vilyarreal» bilan o‘yinda Junior to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochkaga loyiq deb topildi. 26 yoshli futbolchi 71-daqiqada gol urdi, ammo undan biroz avval raqibining sochidan ushlab qolgan. Referi vaziyatni takroran tomosha qilish uchun monitor oldiga bordi va o‘yin qoidasi buzilgan deb hisoblab, golni bekor qildi va Vinisiusni maydondan chetlatdi. Endi futbolchi 25 oktyabr kuni La Liga 10-turi doirasida bo‘lib o‘tadigan «Barselona»ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lishi mumkin. Hozircha «qaymoqranglilar» yulduzi nechta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinishi noma’lum.

Ma’lumot uchun, 9-turda Joze Mourinio shogirdlari 18-oktyabr kuni o‘z maydonida «Sevilya»ni mehmon qiladi va Vinisius ushbu bahsni o‘tkazib yuborishi aniq. Vaziyat faqatgina hakamning qarori butkul noto‘g‘ri deb topilgan taqdirdagina o‘zgarishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar