Italiyaning «Milan» klubi sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapelloning fikricha, klubning portugaliyalik yangi futbolchisi Gonsalu Ramush hozircha o‘zini yaxshi tomondan ko‘rsata olmadi.
«Poyga qayta boshlanmoqda va sur’at yuqori bo‘lishi kerak: A Seriya qaytmoqda va musobaqa jadvali yetakchilari ta’qibchilardan ilgarilab ketish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishadi. Shu fonda, hali kutilgan natijalarni to‘liq oqlamagan o‘yinchilarni kuzatish juda qiziqarli bo‘ladi. Men «Milan»dan Gonsalu Ramush yoki «Yuventus»dan Voltemade kabi futbolchilarni nazarda tutyapman», - dedi Kapello pianetamilan.it saytiga.
Eslatib o‘tamiz, Ramush Fransiyaning «PSJ» klubidan «Milan» safiga kelish qo‘shilgan edi.
Ma’lumot uchun, 5 ta o‘yinda 11 ochko jamg‘argan milanliklar 5-o‘rinni band etib turishibdi. Jamoa bugun, 11-oktyabr kuni 6-tur doirasida safarda «Sassuolo»ga qarshi maydonga tushadi.