Madridning «Real» klubi hujumchisi Endrik qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi.
Avvalroq «Milan» 20 yoshli futbolchini yanvar oyida ijaraga olishni rejalashtirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Endi manbaga ko‘ra, Endrik Italiyaning ushbu klubiga o‘tishga rozilik bergan.
Xabarda aytilishicha, agar «Real» futbolchining ketishiga ruxsat bersa, «Milan» hujumchining asosiy tanloviga aylanadi. Endrikning o‘zi ham faoliyatini vaqtincha Italiyada davom ettirish variantiga ijobiy qaramoqda.
Endrik ushbu mavsumda Ispaniya chempionatining atigi bitta bahsida maydonga tushdi va unda bor-yo‘g‘i 4 daqiqa harakat qildi. Braziliyalik futbolchining «Real» bilan shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Ma'lumot uchun, Endrik «Real» safiga 2024-yil yozida «Palmeyras» klubidan qo‘shilgan.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi