Londonning «Arsenal» klubi hujumchisi Kay Xaverts yaqin vaqt ichida safga qaytishi mumkin. Germaniya milliy jamoasi ixtiyorida bo‘lgan futbolchi mushaklaridan jarohat olgan.
Jarohatlar bo‘yicha mutaxassis Stiven Smitning fikricha, Xavertsning jarohati jiddiy emas. U bu haqda Metro nashriga bergan izohida futbolchining tiklanish muddati bo‘yicha taxminini bildirdi.
«Katta ehtimol bilan, uning holatida mushakning yengil cho‘zilishi haqida gap ketmoqda. Bunday vaziyatda tiklanish uchun ikki haftadan to‘rt haftagacha vaqt ketadi», — dedi Smit.
Xaverts ushbu mavsumda «Arsenal» safida barcha turnirlarda 7 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.
Ma'lumot uchun, «Arsenal» navbatdagi bahsini 10-oktabr kuni Angliya Premyer-ligasining 6-turida «Lids»ga qarshi o‘tkazadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:30 da boshlanadi.