«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares kelajagi borasida yangi qarorga kelgan.
The Touchline xabar berishicha, argentinalik 26 yoshli futbolchi faoliyatini «Arsenal»da davom ettirish variantini birinchi o‘ringa qo‘ymoqda.
Manbaga ko‘ra, Alvares yanvar oyidayoq Londonga ko‘chib o‘tish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Futbolchi «Atletiko»dagi uzoq muddatli kelajagini ko‘rmayapti.
Avvalroq unda «Barselona» ustuvor variant bo‘lgan bo‘lsa, hozir uning tanlovi «Arsenal» tomonga o‘zgargan.
Eslatib o‘tamiz, «matraschilar» Alvaresni «Barselona»ga qo‘yib yubormagan edi. Shu bilan birga, «Arsenal» futbolchi uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor.
Ma’lumot uchun, Alvares 2024-yil avgustidan buyon «Atletiko» safida o‘ynab kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2030-yil iyuniga qadar amal qiladi. Transfermarkt uning qiymatini 100 million yevroga baholamoqda.