«Manchester Siti»ning sobiq hujumchisi Mario Balotelli «shaharliklar» atrofidagi janjalga izoh berdi.
Avvalroq ingliz klubi Premer-liganing moliyaviy qoidalarini buzganlikda aybdor deb topilgan edi.
Italiyalik hujumchi-2010-yildan-2013-yilgacha «Siti»da o‘ynagan.
«Bilasizmi, yoshligingizda odamlar sizning kimligingizni bilishmaydi va ularga farqi yo‘q... Hatto firibgarlik qilsangiz ham. Lekin ulg‘ayganingda-chi? Ular senga tashlanishga majbur. «Manchester Siti» hozir mana shunday ahvolda. Ular oxirigacha jang qilishlarini bilaman. Faqat shu yo‘l bilan g‘olib bo‘lasan... Ular aynan shunday», - deya Balotellining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Topskills Sports UK X ijtimoiy tarmog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, APL yangi mavsumi 5-turidan keyin 100% natija bilan yetakchilik qilmoqda. Manchesterliklar ikkinchi o‘rindagi «Arsenal»ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.