Bugun
10
O'zbek

Shvyontek: «Unga birinchi marta murojaat qilayotganim yo‘q»

Tennis
7 oktabr, 12:30
Polshalik tennischi Jokovichning o‘ziga yordam berishi haqida gapirdi.
Shvyontek: «Unga birinchi marta murojaat qilayotganim yo‘q»
Foto: Gettyimages

«Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqalarning olti karra chempioni, dunyoning to‘qqizinchi raketkasi polshalik tennischi Iga Shvyontek yordam so‘rab, serbiyalik Novak Jokovichga murojaat qilganini haqida gapirdi.

«U menga to‘pni qabul qilishni uzoqroq o‘rgatishini istardim, chunki u bu borada eng yaxshisidir. Uning hamma gaplari ajoyib, u juda ochiqko‘ngil odam. Men unga birinchi marta savol bilan murojaat qilayotganim yo‘q, u har doim foydali maslahatlar beradi va bilimlarini bajonidil baham ko‘radi. Boshqalarning ham taraqqiy etishini xohlaydigan bunday o‘yinchilarni ko‘rish juda yoqimli. U haqiqatan ham ajoyib inson va men buni juda qadrlayman», - dedi Shvyontek kortdagi intervyusida.

Bugungi yangiliklar