Mashhur Transfermarkt portali hozirda erkin agent maqomiga ega bo‘lgan futbolchilarning narxini yangiladi.
Reytingning birinchi pog‘onasini vinger Jeydon Sancho egalladi. Angliyalik futbolchi 10 million yevroga baholanmoqda. Oxirgi narx yangilanishidan beri Sancho 8 millionga arzonlashdi. Eslatib o‘tamiz, u o‘tgan mavsumda «Aston Villa» sharafini himoya qilgan edi.
Ikkinchi o‘rin – Aleksandr Zinchenko. Ukrainalik 6 million yevroga baholanmoqda. O‘tgan yozda u 2026-yilning birinchi yarmida bor-yo‘g‘i ikkita o‘yinda maydonga tushgan Amsterdamning «Ayaks» klubini tark etdi.
Ma’lumot uchun, Abdullaye Dukure va Karim Benzema kuchli uchlikni yakunlab berishdi. Har ikkala futbolchining ham aktual transfer narxi 4 million yevroga baholanmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi