Bugun
10
O'zbek

Islom Ismoilov: «Agar chempion bo‘lishni xohlasak, har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak»

Eksklyuziv
7 oktabr, 13:40
Uchrashuvdan so‘ng «Neftchi» ustozi Islom Ismoilov matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:
Islom Ismoilov: «Agar chempion bo‘lishni xohlasak, har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz kerak»
Фото: Нефтчи ПФК
07.10.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Neftchi Fargona Neftchi Fargona 2 : 2 Xorazm Xorazm

FIFA kunlaridan keyin Superligamiz yana davom ettirilmoqda. Bugun 23-tur kutilmagan sensatsiya bilan boshlandi.

«Neftchi» klubi o‘z maydonida «Xorazm» jamoasini qabul qildi va uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Chempionlik uchun kurashayotgan farg‘onaliklar juda qimmatli ochkolarni boy berishdi.

Uchrashuvdan so‘ng «Neftchi» ustozi Islom Ismoilov matbuot anjumanida quyidagilarni aytdi:

- Bugun juda qimmatli ochkolarni yo‘qotdik. Albatta, bu holat bizni chuqur tashvishga soladi. Sababi, o‘z maydonimizda har qanday jamoaga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonishimiz shart edi. Agar chempion bo‘lishni xohlasak, har bir uchrashuvda g‘alaba qozonishimiz kerak.

Birinchi taymda mavsum davomida himoyadagi eng yomon o‘yinimizni ko‘rsatdik. Tushunarsiz gollar o‘tkazib yubordik. Avvaliga gol o‘tkazib yubordik, hisobni tenglashtirdik, keyin yana oddiy vaziyatda gol o‘tkazdik. Umuman, tushunarsiz o‘yin bo‘ldi.

Xatolarni ko‘rib chiqamiz va tahlil qilamiz. Hali hech narsa yo‘qotilgani yo‘q. Mavsum o‘zining eng qizg‘in pallasiga kirdi. Biz oxirigacha kurashamiz. Bu kurashadigan jamoa va men futbolchilarga ishonaman. Ular Xudo xohlasa, oldilariga qo‘ygan vazifani uddalashadi. Harakat qilamiz, boshqa yo‘limiz ham yo‘q», - deya Ismoilovning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Xorazm Xorazm
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar