«Andijon» klubi jamoaning hujumkor vingeri Aziz Turg‘unboyevning holati haqida ma’lumot berdi.
«Ikki kun oldin umumiy mashg‘ulotda Aziz Turg‘unboyevning chap oyog‘i jarohatlandi. Bu haqda o‘sha kuni xabar berib o‘tgandik. Klub shifokori Olimjon Ne’matov esa futbolchining jarohati bo‘yicha klub matbuot xizmatiga ma’lumot berdi.
Unga ko‘ra, ultratovush tekshirish jarayonida Turg‘unboevning jarohati tashxisi aniqlandi: boldir mushagining uzilishi.
Bu jarohatning bitishi o‘rtacha 12-14 kun vaqtni oladi. Besh kun davolanishdan keyin alohida shug‘ullanishni boshlaydi.
Biz Azizbekka sog‘liq va tezroq sog‘ayib safga qaytishini tilab qolamiz», — deb yozadi «burgutlar» matbuot xizmati.
«Andijon» navbatdagi o‘yinini 9 oktabr kuni Superliga 23-turi doirasida «Buxoro»ga qarshi o‘tkazadi.
«Andijon» klubi Aziz Turg‘unboyevning jarohati haqida ma’lumot berdi
Futbol
2 oktabr, 11:40
Futbolchi mashg‘ulotlarda jarohat olgandi.
Foto: FC Andijon