Liverkuzenning «Bayer» klubi qanot himoyachisi Migel Guterres Yevropaning bir qator klublari e’tiboriga tushib qoldi. Bu haqda fussball-news.de xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, ispaniyalik futbolchi Madridning «Real», «Milan», «Manchester Yunayted» va Turinning «Yuventus» klublari kuzatuvida bo‘lib turibdi.
25 yoshli himoyachi o‘tgan yozda «Napoli»dan «Bayer»ga o‘tgan edi. Bitim summasi 26 million yevroni tashkil etdi. Germaniya klubi bilan Guterres besh yillik mehnat shartnomasiga imzo chekkan.
Ma’lumot uchun, «Real» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lgan himoyachi Bundesliganing yangi mavsumida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va uchta golli uzatma yetkazib berishga muvaffaq bo‘ldi.