Daniya milliy jamoasi hujumchisi Rasmus Hoylund nima uchun Millatlar ligasining 3-turi doirasidagi Portugaliyaga qarshi o‘yindagi golini bir kun avval milliy jamoasini janjal bilan tark etgan Krishtianu Ronaldu uslubida nishonlaganini tushuntirib berdi.
Eslatib o‘tamiz, bellashuv Kopengagendagi «Parken» stadionida bo‘lib o‘tdi va mehmonlarning 4:2 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.
«Bu shunchaki kechagi voqeadan so‘ng, ehtimol milliy jamoadagi faoliyatini yakunlagan odamga hurmat ko‘rsatishdir. Gap faqatgina shunda. Buni hurmatsizlik bilan hech qanday aloqasi yo‘q. U mening eng katta kumirim», - deya Hoylundning so‘zlaridan iqtibos keltiradi A Bola nashri.
Eslatib o‘tamiz, o‘yin yakunlangach, Rasmus Hoylund Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezushni turtib yuborgandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi